Tavsifi
✍ iPad planshetingizni cheksiz ijodiy maydonga aylantiring!
Apple Pencil — bu ekranda yozish va chizishni oddiy qog‘ozdagidek tabiiy va qulay qiladigan eng mukammal stilusdir. Hozirda barcha ommabop modellar do‘konimizda sotuvda tayyor:
📋 Modellari:
Apple Pencil Pro 📱:
Siqish (Squeeze), aylantirish (Barrel roll) datchiklari, maxsus haptik aloqa va "Find My" (qidiruv) funksiyasiga ega eng kuchli va yangi flagman model.
Apple Pencil Wireless (Simsiz quvvatlanuvchi / 2-avlod):
iPad yon tomoniga magnit yordamida yopishib, avtomatik simsiz quvvat oladi. Bosim kuchini mukammal darajada aniqlaydi.
Apple Pencil Type-C:
Korpusiga yashiringan Type-C porti orqali quvvatlanuvchi, piksel aniqligidagi chiziqlar chizuvchi o‘ta qulay va universal model.
✨ Asosiy afzalliklari:
🎯 Piksel aniqligi va minimal kechikish: Chiziqlar va yozuvlar qalamni harakatlantirgan zahotingizda, hech qanday sezilardi kechikishlarsiz ekranda paydo bo‘ladi.
📐 Qiyalik burchagini aniqlash: Stilusni egib ushlash orqali oddiy qalam kabi soyalar berish yoki chiziq qalinligini o‘zgartirish imkoniyati.
🧲 Magnitli mahkamlanish: Barcha modellar iPad korpusining yon tomoniga magnit yordamida qulay va mustahkam yopishib turadi.
💯 100% Original Apple Store mahsuloti: iPad dasturiy ta'minoti va iOS tizimi bilan mukammal hamda barqaror integratsiyani kafolatlaydi.
💡 Eslatma / Еслатма:
Sizning iPad modelingizga aynan qaysi Apple Pencil mos kelishini aniq bilish uchun quyidagi rasmiy havola (ssilka) orqali tekshirib olishingiz mumkin: https://support.apple.com/ru-ru/108937
📦 Jamlanma tarkibi:
Apple Pencil elektron stilusi
Original zavod qutisi va hujjatlari