Asosiy qismga o'tish
Connect Mobile

Maxfiylik siyosati va foydalanish shartlari

Oxirgi yangilanish: 2-avgust, 2026 · v1.0

Umumiy ma'lumot

Connect Mobile onlayn-do'koni (keyingi o'rinlarda «Biz», «Xizmat» yoki «Platforma») foydalanuvchilar maxfiyligini hurmat qiladi va shaxsiy ma'lumotlarni O'zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi Qonuni talablari asosida qayta ishlaydi.

Ushbu hujjat saytdan (connectmobile.uz) va mobil ilovadan foydalanganda qanday ma'lumotlar to'planishi, ular qanday maqsadda ishlatilishi, qancha muddat saqlanishi hamda buyurtmani bekor qilish va tovarni qaytarish tartibini belgilaydi.

Saytdan foydalanishni davom ettirish orqali siz ushbu shartlarga rozilik bildirasiz. Rozi bo'lmasangiz, iltimos, xizmatdan foydalanmang.

To'planadigan ma'lumotlar

Biz faqat xizmat ko'rsatish uchun zarur ma'lumotlarni to'playmiz:

Hisob ma'lumotlari — ism, familiya, telefon raqami, profil rasmi (yuklasangiz), yosh va jins (ixtiyoriy), Telegram orqali kirsangiz Telegram identifikatori.

Parol — o'rnatgan bo'lsangiz, faqat kriptografik xesh ko'rinishida saqlanadi. Biz parolingizni ochiq ko'rinishda ko'ra olmaymiz va tiklab bera olmaymiz.

Buyurtma ma'lumotlari — buyurtma raqami, mahsulotlar va ularning soni, tanlangan rang/model, umumiy summa, yetkazib berish turi, manzil va koordinatalar, topshirish punkti, qabul qiluvchining ismi va telefoni, izoh, promo-kod.

To'lov ma'lumotlari — to'lov provayderi (Click), tranzaksiya identifikatori, summa, to'lov holati va fiskal chek havolasi. Karta raqami, amal qilish muddati va SMS kod BIZDA SAQLANMAYDI — ular to'g'ridan-to'g'ri Click tizimiga uzatiladi.

Aloqa yozishmalari — qo'llab-quvvatlash chatidagi xabarlar va biriktirilgan rasmlar; sizga yuborilgan SMS xabarlar jurnali (raqam, matn, yuborilish holati).

Texnik ma'lumotlar — qurilma turi, brauzer, IP-manzil, tizimdagi harakatlar jurnali (audit log), qaysi mahsulotlarni va qancha vaqt ko'rganingiz statistikasi.

Bildirishnoma tokeni — ruxsat bergan bo'lsangiz, qurilmangizning noyob push identifikatori va platformasi (web / android / ios).

Joylashuv ma'lumotlariga ruxsat

Joylashuvga ruxsat IXTIYORIY. Brauzer sizdan alohida tasdiq oladi — biz uni sizsiz ololmaymiz.

Nima uchun: yetkazib berish narxi va muddatini aniq hisoblash, «Tezkor» yetkazish zonasiga kirasizmi yoki yo'qligini aniqlash, manzilni qo'lda yozmasdan to'ldirish.

Qanday saqlanadi: aniqlangan koordinata va manzil matni birinchi navbatda SIZNING QURILMANGIZDA saqlanadi. Serverga u faqat buyurtma berganingizda, o'sha buyurtmaning yetkazib berish manzili sifatida yuboriladi.

Koordinatani odam o'qiydigan manzilga aylantirish uchun LocationIQ xizmatidan foydalanamiz — unga faqat koordinata uzatiladi, shaxsingizni aniqlaydigan ma'lumot emas.

Ruxsatni istalgan vaqtda brauzer yoki qurilma sozlamalaridan qaytarib olishingiz mumkin. Sayt ishlashda davom etadi — manzilni qo'lda kiritasiz.

Bildirishnomalarga ruxsat (push-xabarlar)

Bildirishnomalar IXTIYORIY, ular uchun ham brauzer alohida ruxsat so'raydi.

Nima uchun: buyurtma holati o'zgarganda (qabul qilindi, yig'ildi, yo'lga chiqdi, yetkazildi), to'lov tasdiqlanganda va qo'llab-quvvatlash operatori javob berganda xabar berish.

Qanday ishlaydi: ruxsat bergach Google Firebase Cloud Messaging qurilmangiz uchun noyob token yaratadi. Shu token hisobingizga bog'lab saqlanadi — usiz xabar yuborib bo'lmaydi.

Token qurilmani aniqlaydi, lekin shaxsingizni oshkor qilmaydi va reklama maqsadida uchinchi taraflarga berilmaydi.

Ruxsatni qaytarib olsangiz yoki hisobdan chiqsangiz, token serverdan darhol o'chiriladi va sizga xabar kelmaydi.

Ma'lumotlardan foydalanish maqsadlari

Buyurtmani qabul qilish, yig'ish, yetkazib berish va qaytarishlarni rasmiylashtirish.

Hisobingizni yaratish, kirishingizni tasdiqlash va xavfsizligini ta'minlash.

To'lovni amalga oshirish va fiskal chek shakllantirish.

Buyurtma holati haqida SMS va push-xabar yuborish.

Qo'llab-quvvatlash so'rovlariga javob berish va nizolarni hal qilish.

Xizmat sifatini yaxshilash, mahsulot tavsiyalarini shakllantirish va statistik tahlil.

Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish.

Biz shaxsiy ma'lumotlaringizni SOTMAYMIZ va aniq roziligingizsiz reklama maqsadida uchinchi taraflarga bermaymiz.

To'lov usullari

Platformada ikki xil to'lov usuli mavjud:

Click — onlayn to'lov. Karta ma'lumotlari to'g'ridan-to'g'ri Click tizimiga uzatiladi va bizning serverlarimizda saqlanmaydi. Biz faqat tranzaksiya identifikatori, summa va to'lov holatini saqlaymiz.

Naqd pul — tovarni qabul qilib olayotganda to'lash.

Boshqa to'lov tizimlari (jumladan Payme) hozircha qo'llab-quvvatlanmaydi.

Buyurtmani bekor qilish tartibi

Buyurtmani bekor qilish imkoniyati uning holatiga bog'liq.

Qachon bekor qila oladi?

Buyurtma qabul qilingan va hali yig'ilayotgan bosqichda — uni shaxsiy kabinetdagi «Buyurtmalarim» bo'limidan yoki operatorga qo'ng'iroq qilib bekor qilishingiz mumkin.

Qachon bekor qila olmaydi?

Buyurtma qabul qilinib, mahsulot yo'lga chiqib ketgandan keyin uni BEKOR QILIB BO'LMAYDI. Bunday holatda tovar yetib borgach, quyidagi qaytarish shartlari qo'llaniladi.

Onlayn to'langan va bekor qilingan buyurtma summasi to'lov tizimi qoidalariga muvofiq o'sha kartaga qaytariladi.

Tovarni qaytarish shartlari

Qaytarish tartibi tovarni qabul qilish holatiga bog'liq.

Qanday holatda qaytarib olinmaydi?

Tovarni pochtada yoki topshirish punktida tekshirib, hamma joyi but-butunligiga va aynan o'zingiz buyurtma qilgan mahsulot ekanligiga ishonch hosil qilib qabul qilib olganingizdan keyin tovar qaytarib olinmaydi.

Qachon qaytarib olinadi?

Agar siz buyurtma bergan mahsulotdan BOSHQA mahsulot yetib borsa — qaytarib olamiz.

Agar tovar SHIKASTLANGAN holda yetib borsa — qaytarib olamiz.

Shu sababli tovarni qabul qilishdan OLDIN uni pochta yoki punkt xodimi ishtirokida ochib tekshirishingizni qat'iy tavsiya qilamiz. Nomuvofiqlik aniqlansa, tovarni qabul qilmang va darhol biz bilan bog'laning.

Qaytarish bo'yicha murojaat qo'llab-quvvatlash chati orqali yoki +998 93 303 36 36 raqamiga qo'ng'iroq qilib rasmiylashtiriladi.

Ma'lumotlarni uchinchi taraflarga berish

Ma'lumotlaringiz faqat xizmat ko'rsatish uchun zarur hajmda quyidagi hamkorlarga uzatiladi:

Click — to'lovni amalga oshirish uchun (summa va buyurtma identifikatori).

Yetkazib berish xizmatlari (UzPost, BTS, o'z kuryerlarimiz) — qabul qiluvchining ismi, telefoni va yetkazib berish manzili.

SMS provayderi — tasdiqlash kodlari va buyurtma holati xabarlarini yuborish uchun.

Google (Firebase) — push-xabarlarni yetkazish va anonim foydalanish statistikasi uchun.

LocationIQ — koordinatani manzil matniga aylantirish uchun.

Shuningdek, qonun talab qilgan hollarda vakolatli davlat organlariga ma'lumot berilishi mumkin.

Ma'lumotlarni saqlash muddati

Hisob ma'lumotlari — hisobingiz faol bo'lgan davrda saqlanadi.

Buyurtmalar va to'lov yozuvlari — buxgalteriya va soliq hisoboti uchun qonunda belgilangan muddat davomida saqlanadi (hisob o'chirilgan taqdirda ham).

SMS jurnali va audit log — xavfsizlik va nizolarni tekshirish maqsadida saqlanadi.

Qurilma push tokenlari — ruxsat qaytarilgunga yoki hisobdan chiqqunga qadar.

Hisobni o'chirish

Hisobingizni istalgan vaqtda «Profil» bo'limidan o'zingiz o'chirishingiz mumkin. O'chirish ikki bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich (30 kun). Hisob darhol bloklanadi va siz tizimdan chiqasiz. Ma'lumotlaringiz shu davrda saqlanib turadi. Fikringiz o'zgarsa — 30 kun ichida o'sha telefon raqami bilan SMS kod orqali qayta kiring, hisob avtomatik tiklanadi.

2-bosqich (30 kundan keyin). Avtomatik tizim hisobingizni butunlay o'chiradi: profil ma'lumotlari, yuklangan rasm, savat va saqlangan mahsulotlar. Bundan keyin tiklash MUMKIN EMAS.

Diqqat: qonun talabi sababli, yakunlangan buyurtmalar va to'lov yozuvlari moliyaviy hujjat sifatida saqlanib qoladi. Ular shaxsingiz bilan bog'lanmagan holda hisobotlarda qoladi.

Foydalanuvchi huquqlari

O'zingiz haqingizda saqlanayotgan ma'lumotlar bilan tanishish.

Noto'g'ri yoki eskirgan ma'lumotlarni tuzatish (profil sozlamalari orqali).

Hisobingizni va unga bog'liq ma'lumotlarni o'chirish.

Bildirishnoma va joylashuv ruxsatlarini istalgan vaqtda qaytarib olish.

Ma'lumotlarni qayta ishlashga bergan rozilikni qaytarib olish.

Huquqlaringizni amalga oshirish uchun support@connectmobile.uz manziliga murojaat qiling. So'rovingiz 30 kun ichida ko'rib chiqiladi.

Xavfsizlik

Barcha ma'lumotlar shifrlangan HTTPS ulanish orqali uzatiladi.

Parollar qaytarib bo'lmaydigan kriptografik xesh ko'rinishida saqlanadi.

Tizimga kirish tokenlari cheklangan muddatga beriladi va muntazam yangilanadi.

Ma'lumotlarga kirish faqat vakolatli xodimlar uchun ochiq va jurnalga yoziladi.

Shunga qaramay, internet orqali uzatishning mutlaq xavfsizligini hech kim kafolatlay olmaydi. Parolingizni hech kimga bermang.

Siyosatga o'zgartirishlar

Ushbu hujjat vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin. Muhim o'zgarishlar haqida sayt orqali yoki bildirishnoma bilan xabar beramiz. Sarlavhadagi «Oxirgi yangilanish» sanasi joriy versiyani bildiradi.

Bog'lanish

Savol yoki murojaatlaringiz bo'lsa biz bilan bog'laning:

Elektron pochta: support@connectmobile.uz

Telefon: +998 93 303 36 36

Telegram: @connectmobile_uz

Manzil: Toshkent shahri, O'zbekiston